Dadahon Hasan - Laylo Тексты

Balki o‘chgan edim yodingdan,
shirin xayolingni buzdimmu...
Laylo! Laylo! Sening yoningda
bir dam ko‘rmoqchiydim o‘zimni.
Dilnavozim! Dilafgorim!
Yoningga uchay, Laylo!
Hislarimni yo‘llaringga
marjondek sochay, Laylo!
Senga yolg‘iz saqlaganim -
qalbimni ochay, Laylo!
Agar ishqimni rad etsang,
qaylarga qochay, Laylo!
Yana paydo bo‘ldim yo‘lingda,
yo‘llaringda yana bo‘zladim.
Bechora qalb – sening qo‘lingda,
ko‘zlaringda – mening ko‘zlarim.
Dilnavozim! Dilafgorim!
Yoningga uchay, Laylo!
Hislarimni yo‘llaringga
marjondek sochay, Laylo!
Этот текст прочитали 1045 раз.